AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istondagi komendantlik soatining amal qilish vaqti qisqartildi

'Qoraqalpog`istondagi komendantlik soatining amal qilish vaqti qisqartildi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasidagi vaziyatning barqarorlashgani va hudud aholisining odatdagi hayot tartibiga qaytayotganini hisobga olib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qoraqalpog`iston hududida joriy etilgan favqulodda holat rejimini yumshatish, ya`ni komendantlik soatining amal qilish vaqtini "soat 21 dan soat 7 ga qadar" o`rniga "soat 23 dan soat 5 ga qadar" etib belgilashga qaror qilindi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar bermoqda.

Qoraqalpog`istonda favqulodda holat joriy etish to`g`risidagi 2022 yil 2 iyuldagi Prezident farmoniga tegishli o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi farmon davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi va Oliy Majlis palatalariga tasdiqlash uchun yo`llandi.

    Boshqa yangiliklar