Bu haqda ayni paytda AOKAda Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasining 2022 yil 1-yarim yilligidagi faoliyati yakunlari tahliliga bag`ishlab o`tkazilayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
Ma`lum qilinishicha, shu sabab 22 ta korxonada ishlar vaqtincha to`xtatib qo`yildi. 1 521 ta injener-texnik va rahbar xodimlarga 1 mlrd 186 mln 598 000 so`m miqdorida jarimalar qo`llanildi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda umumiy 42 ta baxtsiz hodisa sodir bo`lib, bulardan 13 tasi o`lim bilan tugadi.
Hududlardagi mavjud jami 143 ta madaniyat va istirohat bog`ida o`rnatilgan 1879 ta attraksion ko`zdan kechirildi va ulardan xavfsiz foydalanish talablariga rioya etish holati o`rganib chiqildi. 574 attraksion vaqtinchalik to`xtatildi.