AsosiyJamiyat

Rossiyada xitoylik tadbirkorga aldangan o`zbeklarning haqlari undirib berildi

'Rossiyada xitoylik tadbirkorga aldangan o`zbeklarning haqlari undirib berildi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Samara shahridagi vakili Chernoreche qishlog`idagi qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashgan "Kitaev Valeriy" korxonasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o`zbekistonliklarning murojaatini o`rgandi.

Ma`lum bo`lishicha, Xitoy fuqarosi bo`lgan korxona rahbari Sin Lyu Szn o`zbekistonlik ishchilarning hujjatarini olib qo`yib, 2022 yil mart oyidan beri ish haqlarini bermasdan ishlatgan.

Vakillik aralashuvi natijasida, 5 nafar yurtdoshimizning pasportlari olib berildi va 606 400 rubl (10 000 AQSh dollaridan ortiq) ish xaqlari undirib berildi.

 Shuningdek, ish beruvchi vakillari Rossiya Federasiyasining tegishli huquqiy-me`yoriy hujjatlari bo`yicha javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.

    Boshqa yangiliklar