2022 yil 4 avgustdan Uzbekistan Airways O`zbekiston va Yaponiya o`rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`yadi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, ramzi Sakura hisoblangan mamlakatga haftada bir marta – payshanba kunlari sayohat qilish mumkin bo`ladi.
Toshkentdan jo`nash: 22:05 (Toshkent vaqti bilan);
Tokioga etib borish: mahalliy vaqt bilan juma 09:40;
Tokiodan jo`nash: 11:00 (mahalliy vaqt);
Toshkentga etib kelish: 16:10 (Toshkent vaqti bilan).
Ma`lumot uchun: Uzbekistan Airways 2020 yil 1 martdan boshlab dunyoda koronavirus tarqalishi sababli Tokioga muntazam qatnovlarni to`xtatgan edi.