AsosiyDunyo

“Omikron”ning BA.4 va BA.5 versiyalari dominant variantga aylanmoqda

'“Omikron”ning BA.4 va BA.5 versiyalari dominant variantga aylanmoqda'ning rasmi

“Omikron” shtammining BA.4 va BA.5 subvariantlari AQShda ro`yxatga olinayotgan koronavirusga chalinish holatlarining 80 foizdan ziyodini tashkil etyapti.  Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda

Xususan, BA.5 versiyasi umumiy bemorlarning 65 foizida aniqlanayotgan bo`lsa, BA.4 kichik shtammida bu ko`rsatkich 16,3 foizga teng. Shundan kelib chiqib, BA.5 Qo`shma Shtatlarda dominant variant sifatida tan olindi.  

Shifokorlarning ta`kidlashicha, BA.4 va BA.5 “omikron”ning dastlabki variantlariga qaraganda yuqumliroq. Shuningdek, ular kasallikdan so`ng hosil bo`ladigan immunitetga osonlik bilan “chap berish” xususiyatiga ega.  

Kolumbiya universiteti professori Jeffri Saks mavjud vaziyatga baho berar ekan, AQShda hozir COVID-19ning o`sish dinamikasi kuzatilayotgani, yozgi ta`til mavsumidan so`ng bolalar maktablarga, kattalar ish joylari hamda boshqa yopiq joylarga qaytishi bilan ko`rsatkichlar keskin oshib ketishi mumkinligini ta`kidladi.  

Shunga qaramay, mutaxassislar to`liq bosqichda va buster dozada emlangan kishilarda “omikron”ning VA.4 va VA.5 subvariantlari engil va asoratsiz o`tadi, degan xulosada.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar