1

Kaliningradda Erning 7 milliardinchi aholisining onasi saratondan vafot etdi

Dunyo 25.07.2016, 11:06
Teglar: Ona
Kaliningradda Erning 7 milliardinchi aholisining onasi saratondan vafot etdi

Kaliningradda Er sayyorasining 7 milliardinchi aholisining onasi Elena Nikolaeva saratondan vafot etdi, deya xabar beradi RIA Novostiga uning do`stlari.

Elena Nikolaeva — 2011 yilning 31 oktyabr kuni tug`ilgan Petya Nikolaevning onasi. U BMT tomonidan Erning ettimilliardinchi insoni deb tan olingan. Elena va Aleksey uchun bola uchinchi farzand bo`ldi. Petya tug`ilgach Nikolaevlarning oilasini Vladimir Putin shaxsan tabrikladi. Shuningdek Nikolaevlar Kaliningradda alohida uy harid qilish uchun sertifikat ham olishdi.

Shifokorlar o`g`li tug`ilganidan bir necha oy o`tgach Elenada saraton kasalligini aniqlashdi.

Elanani Isroilda davolatish uchun pul yig`ildi, ammo Elena Moskvada davolanishni afzal deb bildi, yig`ilgan pulni esa cherkovga hayriya qildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Elena kasalligi chog`ida ham juda pozitiv kayfiyatda bo`lib, hatto avtomobil haydashni ham o`rgandi, yakshanba kunlari u mehribonlik uylaridagi bolalarni cherkovga olib borardi.

BMTni aholishunoslik jamg`armasi qaroriga ko`ra, ettimilliardinchi aholi sertifikati 2011 yilning 31 oktyabr kuni tug`ilgan birinchi bolaga berilgan.

Sharhlar

Buxoroda onadan 3 nafar farzandi uchun aliment puli undirildi

12.12.2019, 16:14

Aksariyat hollarda farzandlar ta`minoti uchun otalardan aliment undiriladi. Shundan farqli o`laroq bu ijro ishida aliment onadan undirildi.F.Ya. Buxoro shahrida tug`ilgan I.J. bilan turmush qurib, 3...
​FARZANDINI BO`KTIRIB O`LDIRGAN ONAGA NISBATAN JINOIY ISh QO`ZG`ATILDI

12.07.2017, 11:50

Sevastopol shahrida chaqalog`iga manniy bo`tqasini berib, bo`ktirib o`ldirgan ayol sud qilinadigan bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri. Tergov boshqarmasining ma`lumot berishicha, 26 yoshli ayol ehtiyotsizlik...
​Futbolchi Aleksandr Geynrix og`ir judolikka uchradi

05.07.2017, 11:37

Bugun, 5 iyul kuni O`zbekiston terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix oilasi og`ir judolikka yuz tutdi. Aleksandrning onasi vafot etdi. Shu munosabat bilan O`zbekiston futbol federasiyasi...
​Hojatxonaga tashlangan chaqaloq

19.06.2017, 11:49

Azal-azaldan momo va bobolarimiz bola tarbiyasi, ayniqsa, qiz farzandning tarbiyasi, istiqboliga jiddiy e`tibor qaratib kelishgan. Chunki, qiz bola — bo`lajak rafiqa, kelin, ona. Uning oilada...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1