AsosiyJamiyat

Navoiylik telejurnalist YTH oqibatida vafot etdi

'Navoiylik telejurnalist YTH oqibatida vafot etdi'ning rasmi

Navoiy viloyatida faoliyat yurituvchi telejurnalist Ruxsora Karimova YTH oqibatida vafot etdi. Bu haqda Facebook`da uning hamkasblari ma`lum qildi, deya yozmoqda "Daryo"

Facebook foydalanuvchisi Xushnud Hotamning yozishicha, Ruxsora Karimova Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining eng iqtidorli, iste`dodli muharrirlaridan biri bo`lgan. U avtohalokatga uchrab, vafot etgan. Aytilishicha, marhumadan uch nafar farzand qolgan.

Ma`lum qilinishicha, Ruxsora Karimova ish yuzasidan Toshkent shahriga kelayotganda YTHga uchragan. Ammo YTH tafsilotlari hozircha noma`lum.

“O`zimiz ham shokdamiz. Eng mahoratli va inson sifatida ham samimiy hamkasblarimizdan biri edi”, — deydi AOKAning viloyat boshqarmasi boshlig`i Dilshod Mamarajabov.

 

    Boshqa yangiliklar