AsosiyJamiyat

Mirishkorda 6 nafar Veternariya xodimiga jami 39 960 000 so`m to`lab berildi

'Mirishkorda 6 nafar Veternariya xodimiga jami 39 960 000 so`m to`lab berildi'ning rasmi

Mirishkor tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi tomonidan xodimlarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yo`l transporti uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari hamda xodimlarning tushlik ovqatlanishi xarajatlariga ko`maklashish uchun qo`shimcha pul to`lab kelinishi kerak edi. 

2022 yilning o`tgan davri davomida tuman bo`limining 6 nafar boshqaruv xodimlariga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jami 39 960 000 so`m to`lovlar amalga oshirilmaganligi aniqlandi. Mirishkor tuman adliya bo`limi tomonidan kiritilgan taqdimnoma asosan bo`limning 6 nafar boshqaruv xodimlariga jami 39 960 000 so`m to`lovlar to`lab berilishi ta`minlandi.                                          

    Boshqa yangiliklar