O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda gaz quyish shoxobchalarida narxlarining oshishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qildi:
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 iyulda qabul qilingan 387-son qaroriga ko`ra, gaz quyish shoxobchalari uchun mahsulotlarni sotish narxlari oshmagan va bir xil darajada saqlanib qolgan.(Ushbu qaror bilan VMning 2022 yil 30 iyundagi 348-sonli qarori bekor qilindi).
Shu munosabat bilan, AGTKShlarida avtotransport vositalariga yonilg`i quyish uchun ishlatiladigan metan narxini oshirishning ob`ektiv sabablari yo`q.
Biroq eslatib o`tamizki, Energetika vazirligi va boshqa davlat tashkilotlari AGTKShlarning narx siyosatiga ta`sir ko`rsatish imkoniyatiga ega emas, chunki AGTKShlar bozor sharoitida faoliyat yuritadi va talab va taklifga qarab narxlarni o`zlari shakllantiradi, - deyiladi xabarda.






