IIVning Axborot xizmati bergan xabarga ko`ra, 2022 yilning 13 iyul kuni soat 02:00 larda Yangihayot tumanida joylashgan «A.Turbanov» YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari kichik serjant N.Ikromov va kichik serjant M.Pulatovlar tomonidan, Toshkent viloyati hududidan, Toshkent shahri hududiga harakatlanib kirib kelayotgan, «Matiz» rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirib ko`rilganda, ushbu avtomobil yo`lovchisi: 1999 yilda tug`ilgan, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi J.X.ning yonidan, ming so`mlik pul kupyurasiga o`ralgan, jigar rangli, o`tkir hidli, kukunsimon modda topilib, xolislar ishtirokida olingan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro J.X.ni Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.






