1

“Benom”dagi Sarvar hamkasblariga g`alati murojaat yo`lladi

Shou-biznes 25.07.2016, 16:13
Teglar: Xonanda
“Benom”dagi Sarvar hamkasblariga g`alati murojaat yo`lladi

Yaqinda “O`zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan lisenziyasi olib qo`yilgan sobiq “Benom” guruhi solisti Sarvar o`zining “Instagram”dagi sahifasi orqali g`alati murojaat yozib qoldirdi.

Bir o`qishda murojaat kimga atalganini payqash qiyin. Bu borada biror fikr aytishdan ham yiroqmiz, shunchaki mazkur murojaatni e`tiboringizga havola etishga qaror qildik:

“Gadoni dushmani gado bo`ladi deganlaridek... Bugungi kunda biz egallagan sohalarimiz ko`paydimi, deyman... Bizning yonimizda tishini tishiga qo`yib maqtab yurishga majbur bo`lgan, yoki ko`rishganda soxta kulgulari bilan salom-alik qiladiganlar ketishimiz bilanoq yomonlashga o`tadiganlar qiyinmasmi sizlarga? O`ylamanglar, baribir bilamiz kimliginglarni do`st yasab olishga ustasizlar, lekin biz jim!

Biz bilan shunchaki salom-alik boru, ammo sal uzoqroq bo`lganlar, raqobatni ko`tarish hammaga ham emas ekanligini tan olomayotganlar. Bizlar yozgan yoki yaratgan musiqiy mahsulotlarni hamkasblarimizga yomonlayverishdan charchamayotganlar tushunamiz, o`zinglar qachondir qo`shiq aytaman, yulduz bo`laman deb, shunchaki bu orzuinglar armon bo`lib qolayotganini tushunib, endi qo`shiq yozishga o`tganlar sizlarni ham bilamiz, lekin indamaymiz! Yaxshi emas soxta profil ochvolib, bizning hamkorligimizdagi san`atkorlarni belgilab, bizlar yozgan xit taronalarni xit emasga chiqarish, kulguli... Ha, darvoqe, shou-biznesdan yiroq bo`la turib, “faqat sizlarni eshitamiz, yo`l-yo`riq ko`rsatinglar sizlar tufayli shu kasbni egallamoqchimiz” deb ish boshlab, keyin o`zinglarni bosar-tusarilarni bilmay qolib ish doirasida hattoki bizlarni ham eshitmay qo`yganu, hudbinligi tufayli harakat qilib quygan va xato ketidan xato qilganla, endi esa har qadamida hamma tanishlariga yomonga chiqarib quyayotgan soxta prodyusserlar! Jumladan, biz orqali o`zbek shou-biznesining vakillari bilan tanishib olish baxtiga muyasar bo`lib, endi ularga bizni yomonlayotganlar, mayli bunisiga ham indamaymiz! 

Lekin qizigi shou-biznesdan bo`la turib, bundaylarning gapiga laqqa ishonib, ular yasagan auraga osongina kirib qolish! Sizlaga yarashmabti endi bu hurmatli hamkasblar... O`zinglar shunaqalarga ko`p duch kelgansizlar... O`zi shou-biznesda hamma sohaga qo`l uribmiz o`ylab qarasam, dushman ko`paymasinmi. P/S Jimligimizning sababi esa ma`nan ozgina balandroqdamiz!”

Sharhlar

Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
​ FARRUH ZOKIROVDAN TANQID EShITGAN VA TOHIR SODIQOV DUET KUYLAShDAN BOSh TORTGAN UMIDAXON

11.08.2017, 16:04

"Darakchi" gazetasidagi "10 qaltis savol" loyihasining galdagi mehmoni professionalmusiqiy bilimga ega xonanda UMIDAXON... 1 — “Umr o`tar”, “Yulduzimsan”, “Sendadur ko`nglim” va “Yo`limdan qoch”, “Serial”, “Safsata”...
​OZODBEK NAZARBEKOV MADANIYaT VAZIRLIGIDAGI BIRINChI ISh KUNI QANDAY O`TGANINI SO`ZLAB BERDI

11.08.2017, 13:51

O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda madaniyat vaziriningbirinchi o`rinbosari sifatidagibirinchi ish kuni qanday o`tgani hamda endilikda ijodini davom ettirishi...
​VIA "MAROQAND"ChI ABDURAShID UYLANDI(FOTO)

08.08.2017, 10:55

7 avgust kuni o`zbek shou-biznesining ikki vakili oila qurdi. Poytaxtdagi "Osiyo grand" restoranida Shohruhxonning ukasi, aktyor Muhammadali va Irodaxonning visol oqshomi bo`lib o`tdi. Shu kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1