Xitoy kiberkengliklari ma`muriyati mamlakatning yirik veb-portallari bo`lmish, Sina Corp, Tencent Holdings, Sohu.com, NetEase Inc va boshqalarga original yangi xabarlar kontentini yozishni taqiqladi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
Ma`muriyatning ma`lumot berishicha, yuqorida nomlari keltirilgan internet-kompaniyalar mahalliy internet-boshqarish qonun-qoidalarini buzib, salbiy holatlarga olib kelgan original xabarlarni joylashtirgan.
Endi internet OAVlarda faqatgina hukumat ruxsatidan o`tib, Xitoy OAVlarida chop etilgan maqolalarnigina qo`yishga ruxsat berildi. Bu qonun talablarini buzgan media-kompaniyalar katta miqdordagi jarimaga tortiladi. Internet OAVlarga mamlakatning dolzarb yangiliklari bo`lmish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xabarlarni joylashtirish qat`iy man etildi.
Bu Xitoy internet-OAVlariga qo`yilgan ilk taqiq emas. Iyul oyining boshida mahalliy onlayn OAVlariga ijtimoiy tarmoq materiallariga asoslangan yangiliklarni qo`yish taqiqlangan edi.





