AQSh prezidentining rafiqasi mamlakat prezidentligiga kim munosib nomzod bo`la olishini aytdi.
Mishel Obamaning fikricha, mamlakatning sobiq bosh kotibi Xillari Klinton noyabrda bo`lib o`tadigan saylovlarda davlatni boshqarishda yagona munosib nomzod sanaladi.
“Men ishonadigan faqat birgina odam bor, u prezident bo`lish uchun barcha malakaga ega – bu Xillari Klinton”, — deydi Obama Filadelfiyada bo`lib o`tgan Demokratik partiya s`ezdida.
AQShning birinchi xonimi 2008 yilda Klinton Barak Obamaga kurashda mag`lub bo`lgan bo`lsada, mamlakatiga xizmat qilishdan to`xtamadi – u davlat bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritdi.
“U hech qanday bosim ostida sinmasligini hamda oson yo`llar izlamasligini bilaman”, — deydi Mishel Obama, Klintonda xaqiqiy Amerika xalqiga xos bo`lgan harakter borligini ta`kidlab.
AQSh prezidenti Barak Obama ham AQSh tarixida Xillari Klinton darajasida prezidentlikka tayyor nomzod bo`lmaganini ma`lum qilgan.
AQSh yangi prezidenti nomi 8 noyabr kuni ma`lum bo`ladi. Xillari Klintonning davlat rahbari lavozimi uchun yagona raqibi respublikachi Donald Tramp.





