Xonanda Lola muxlislariga Moskvada bo`lib o`tadigan konsert dasturiga bepul chipta yutib olish imkonini taqdim etdi.
Lola muxlislariga Moskvada bo`lib o`tadigan ilk konsert dasturiga chipta yutib olish imkonini yaratdi. Bu haqda u o`zining “Instagram”dagi sahifasida yozib qoldirdi hamda chipta yutib olish shartlarini e`lon qildi:
“Diqqat, do`stlar! Tanlov! 7 avgust kuni Moskvada bo`lib o`tadigan konsert dasturimga yaxshi va old qatorlaridan bo`lgan 2 ta chipta o`ynalmoqda. Bu tanlovda ishtirok etish va chiptalarni qo`lga kiritish uchun siz 1 avgustga qadar aynan shu fotosuratni repost qilishingiz yoki fotosuratni ko`chirib, mening sahifamni @lolaofficial _ko`rsatib, #lolamoskva xeshtegi bilan o`z profilingizga joylashingiz kerak bo`ladi.
Profilingiz tanlov so`ngiga qadar ochiq bo`lishi shart. Ikkita omadli inson tasodifiy sonlar generatori yordamida tanlab olinadi va men ularni o`z sahifamda e`lon qilaman. Boshladik. Konsertda ko`rishguncha!”





