Hukumat qurolli kuchlari “Islom davlati” terrorchilik guruhi rahbarlaridan birini Afg`onistonda o`ldirdi. O`tkazilgan reyd davomida 120 dan ortiq terrorchilar yo`q qilingan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Ekspertlarning fikricha, Emarati “Islom davlati” terrorchilik guruhining ko`zga ko`ringan rahbarlaridan, dala komandirlaridan biri bo`lgan. Uning o`limi mamlakatdagi terrorchilik guruhining kelgusi tezkor ishlariga katta ta`sir ko`rsatishi mumkin. Mamlakat qurolli kuchlari bir qancha terrorchilarni yo`q qilish bilan birga Qot viloyatini jangarilardan ozod qilgan. Bu ularning Qobul shahrida terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan teraktiga javobi bo`ldi.
23 iyul kuni Qobul shahrida ozchilikni tashkil etuvchi hazoriylar tomonidan o`tkazilayotgan milliy namoyishda terrorchi xudkush o`zini portlatib yuborgan. Oqibatda 80 kishi halok bo`lgan, 231 kishi yaralangan. Hukumatning ma`lumot berishicha, teraktni 3 nafar terrorchi amalga oshirmoqchi bo`lgan. Ulardan birigina o`zini portlatishga ulgurgan, ikkinchisining bombasi portlamay qolgan, uchinchisi esa voqea joyida otib, o`ldirilgan.
Namoyishga chiqqan odamlar Qobulda yashovchi hazoriylar istiqomat qiladigan tumanga Turkmanistondan elektr uzatish liniyasini ko`chirishni talab qilishgan.





