Bugun 21 iyul sanasida Toshkent metroposida poezd to`xtab qoldi. Ayni paytda metropoliten hodisa yuzasidan munosabat bildridi.
Ma`lum bo`lishicha, Sergeli yo`li 1-bekatidan "Olmazor" metro bekatida sodir bo`lgan hodisaga havo haroratining isib ketishi sabab bo`lgan tomonga. Metro sekinlashtirilgan tezlikda harakatlanib kelayotgan elektropoezd metroda o`rnatilgan svetaforda qizil chiroq yongani sabab 15 soniya to`xtab turgan.
Biroq metropoliten asosiy sabab sifatida elektrodepodan "Olmazor" metro bekati tomon yana bir poezd harakatlanganini aytmoqda.
"Ushbu poezd bekatni tark etganidan so`ng navbatdagi marshrut harkatga ruxsat beruvchi ko`k chiroq asosida harakatlanishni davom ettirgan",-deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda shu kunlarda "O`zgidromet" 21-23 iyul kunlari kunlari uchun bashorat qilgan anomal issiqlikning o`ta faol bosqichi kuzatilmoqda. Xususan, Qashqadaryoning "Muborak" kuzatuv stansiyasida 15:40 holatida havo harorati +46,4 darajani ko`rsatgan. Shuningdek, Buxoroning "Qizilrovot" meteorologik stansiyasida soat 16.10 da harorat +46,5 darajaga etgan.
Ma`lumot o`rnida, anomal issiq tufayli ayrim hududlarda elektr ta`minotida nosozliklar bo`lgani ham xabar qilingandi.
Dilbar Abdunabieva.






