AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat prezidentligiga Respublikachilar partiyasi tomonidan nomzodi qo`yilgan Donald Trampni safsataboz deb atab, kommunist va fashistlar bilan tenglashtirdi, deya xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
“Bizning qadriyatlarimizga tahdid soladigan odam xoh kommunist, xoh fashist yoki jihodchi bo`lsin, baribir mag`lubiyatga uchraydi”, dedi AQSh prezidenti Barak Obama AQShning Demokratik partiyasi s`ezdida.
Shu bilan birga Obama o`tirganlarni Trampni hushtakbozlik bilan ko`kka ko`tarmay, qarshi ovoz berishga chaqirdi. Uning bu gapidan respublikachilarga tegishli olomon norozi bo`ldi.
Ilgari Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg ham Trampni firibgarlikda ayblagan edi.





