Aktrisa Saida Saidbekova ijtimoiy tarmoqlar orqali unga haqoratomuz va nafratli fikrlar yozadiganlarga qarata kecha murojaat yozib qoldirdi.
“Men sizlarni juda ham yaxshi ko`raman. Ming bor uzr agar kimgadir bilmay qo`pol gap yozgan bo`lsam. Chunki ba`zi bir suratlarimga qarab meni haqoratlaydiganlar, rollarimga qarab hunuk so`zlarni yozadiganlar ko`p. Shunga yarasha javob bersam yana qo`polga chiqarishadi. Aktrisaligimni yuzimga solishadi. Vaholanki, haqoratlaganda bir tiyinga qimmat aktrisasan deyishadi. Ularga javob berganimda bu gaplar qaerda qoldi? Javob bersam aktrisasan qo`pollik qilma deyishadi. Hozirgina bir tiyinga qimmat aktrisa ekanligimni uqtirganlar xurmatini talab qilishadi. Odam o`zidan o`zi birovga haqoratli sms jo`natishi mumkinmi? Kimdir senga yomonlik qilmasa ham uni so`kish mumkinmi? Kimgadir yozganiga yarasha javob yozsam nega meni qo`pollikda ayblashadi. O`sha odamlarga savol bergim keladi: Sizga nima yomonlik qildim? Hech narsadan hech narsa yo`q ham ayol kishini haqoratlash mumkinmi? Aktrisa ham odam, haqoratlasa indamay turish kerakmi? Qonun hammaga bir. Haqoratlaganga javobgarlik bor. u qonunda aktrisalarni haqoratlash mumkin deyilmagan. Imidjim yoqmasa, qiz bola bo`la turib haqoratli so`zlar aytish kerakmi? Nahotki inson o`z aybini bilmasa..... Qaytar dunyo azizlar!”, deya fikrini yakunladi aktrisa.
Ushbu murojaatdan biroz o`tgach aktrisa hatto yomon fikrlar yozgan muxlislariga ham o`z mehrini izhor qilishga va aynan shu yo`l bilan ularning qahrini engishga qaror qildi:
“Kayfiyatni 101 darajaga ko`taramiz. Hammanglarni yaxshi ko`raman. Meni yomon ko`rganlarni ham yaxshi ko`raman. Sizlar borsizlar, hayotda oldinga qarab ketaveraman. Rahmat hammaga!”