Toshkentda bo`lib o`tayotgan “Afg`oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada BMT Bosh kotibining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili M.Potzel nutq so`zladi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.
“Ushbu muhim anjumanning o`tkazilishining o`zi katta taraqqiyotdir. Mintaqa davlatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, yirik donorlar, shuningdek, Afg`onistonning muvaqqat hukumati ilk bor bir joyda yig`ilmoqda", deya boshladi o`z nutqini vakil.
Uning so`zlariga ko`ra, xalqaro hamjamiyatning asosiy maqsadi Afg`onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga ko`maklashishdan iborat bo`lib, bu Afg`onistonning o`zi va afg`onlar, mintaqa va butun dunyo manfaatlariga mos keladi.
“Hech kim urushning qayta boshlanishini va Afg`onistonning yakkalanishini xohlamaydi”, deya ta`kidladi Potzel