AsosiyDunyo

Kemerovolik sirk artistini “Ajal shari”ning ichida motosikl bosib qoldi (Video)

Rossiyaning Kemerovo viloyatida “Demidovlar sirk shapitosi” da “Ajal shari” nomli tomoshani namoyish etayotgan sirkchini motosikl bosib qoldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Kaskadyor tomoshani xotirjamlik bilan boshlagan, u temir panjarali shar ichida motosiklda bir necha marotaba aylangan. Ammo oradan bir necha daqiqa o`tgach, tryukchi erga yiqilgan, uning ustiga esa motosikl qulagan.

Guvohlarning so`zlariga qaraganda, kaskadyor mustaqil ravishda o`rnidan turib, arenani tark etgan. Sirk ma`muriyatning bergan ma`lumotiga ko`ra, hozirda u o`zini ancha yaxshi his qilmoqda.

Boshqa yangiliklar