1

Tolibon hukumatini tan olish o`zaro munosabatlarning normallashuviga bog`liq — Abdulaziz Kamilov

Siyosat 27.07.2022, 16:37
Tolibon hukumatini tan olish o`zaro munosabatlarning normallashuviga bog`liq — Abdulaziz Kamilov

O`zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Kamilov 26 iyul kuni Toshkentda bo`lib o`tgan Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya doirasida ushbu davlat muvaqqat hukumati xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishi ehtimoli haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.

"Bugun bunday masala yo`q edi (yaqin kelajakda Tolibon hukumatini tan olish haqida — tahr.). Lekin menimcha, bu tendensiya, birinchi navbatda, hukumat bilan munosabatlarni normallashtirish nuqtai nazaridan ijobiy. Ya`ni munosabatlarning normallashuvi keyinchalik tan olinishga yo`l ochadi», — dedi Abdulaziz Kamilov.

"Bugun tan olish bilan bog`liq ko`plab masalalar muhokama qilindi. Afg`oniston delegasiyasi rahbari [Afg`oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini vajaruvchi Amir Xon] Muttakiy ochiqchasiga aytdi: Men barcha savollarni, hatto bu erda aytilgan barcha shikoyatlarni ham yozib oldim, buni rahbariyatim bilan muhokama qilaman" , — dedi maxsus vakil.

"Va, albatta, biz umumiy til topishga harakat qilamiz. Bu o`zaro ishonchni mustahkamlash nuqtai nazaridan katta qadam bo`lib, busiz tan olish masalasi ham bo`lmaydi", — deya ishontirdi diplomat.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1