AsosiyJinoyat

O`zbekistonda siyosiy to`ntarishni ko`zlab yurgan "Hizb ut-tahrir"chilar qo`lga olindi

'O`zbekistonda siyosiy to`ntarishni ko`zlab yurgan  "Hizb ut-tahrir"chilar qo`lga olindi'ning rasmi

Andijon, Farg`ona, Surxondaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi, Internetda "Hizb ut-tahrir" diniy-ekstremistik tashkilotiga taalluqli materiallarni tarqatib kelgan qonunbuzarlar faoliyatiga chek qo`yilgan. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor tadbirlar natijasida quyidagi shaxslar terov jarayonlariga jalb qilindilar.

Ushbu shaxslar ayni paytda Polshada yashirinib kelayotgan "Hizb ut-tahrir" tashkilotining g`oyaviy etakchisi "Mahmud Abdulmo`min" taxallusli 1980 yilda Qirg`izistonda tug`ilgan, xalqaro qidiruvda bo`lgan Xoldarov Mahmudjon Abdumalikovich tomonidan boshqarilgan.

Huquqbuzarlar M.Xoldarov tomonidan "telegram" va boshqa messendjerlarda tashkil qilingan "G`ARIBLIKDAN AZIZLIK SARI" nomli virtual guruhga a`zo bo`lib, g`oyaviy va ekstremistik tayyorgarlikdan o`tishgan.

Guruh ishtirokchilariga M.Xoldarov tomonidan dastalab diniy tushunchalar berilib, keyinchalik ularga O`zbekistonda siyosiy to`ntarishlar va ommaviy norozichiliklar tashkil qilish kabi topshiriqlar berilgan. Respublikamizdagi diniy vaziyat va diniy ulamolar yomonlanib, ongi zaharlab borilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

IIV fuqarolardan ogoh bo`lishni va turli diniy da`vatchilar va targ`ibotchilar bilan aloqa qilish va ularning ta`siriga tushishdan saqlanishni so`ramoqda.

 

    Boshqa yangiliklar