AsosiyJinoyat

Andijonda qamoqdan chiqqan "Hizb ut-tahrir"chi ozodlikda yana avvalgi "ishi"ni davom ettirdi

'Andijonda qamoqdan chiqqan "Hizb ut-tahrir"chi ozodlikda yana avvalgi "ishi"ni davom ettirdi'ning rasmi

Andijonda "Hizb ut-Tahrir" diniy ekstremistik tashkiloti faoliyatini targ`ib qilgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Xo`jaobod tumanida yashovchi fuqaro R.M “Facebook” ijtimoiy tarmog`ida profil yaratib, unda "Hizb ut-tahrir"ning g`oyalarini ilgari suruvchi video materiallarni joylashtirish orqali o`zining do`stlar sahifasidagi 187 nafar foydalanuvchilariga tarqatib kelganligi aniqlangan.

Ushbu shaxs muqaddam "Hizb ut-tahrir"dagi faoliyati uchun sudlanib ozodlikdan mahrum qilish jazosini o`tab chiqqan edi. 

Mazkur holat yuzasidan Xo`jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-1 moddasi, 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo`llanildi.

    Boshqa yangiliklar