AQShlik professional parashyutchi Lyuk Aykins samolyotdan parashyutsiz sakrashni rejalashtirganini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Shu paytgacha samolyotdan 18 ming marta sakragan parashyutchi, 7,6 kilometr balandlikdagi samolyotdan 20-qavatli bino balandligida tarang tortilgan to`rga sakrashni rejalashtirgan. U egniga maxsus kiyim kiymaydi, ixtiyorida faqat GPS navigatori bo`ladi.
Ilgari bunday sakrashni 90 kilogrammli maniken amalga oshirgan bo`lib, u to`rni yirtib yuborgan edi. Lyuk Aykinsning parvozi va qo`nishini Fox telekanali translyasiya qiladi.