“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real Sosedad”ga qarshi Ispaniya chempionati 1-turini o`tkazib yuboradi. Bu haqda ESPN FC xabar bermoqda.
21 avgust kuniga belgilangan uchrashuvda portugaliyalik futbolchining ishtirok etmasligini madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham tasdiqladi.
Portugaliyalik futbolchi Fransiyaga qarshi (1:0) Evro–2016 turniri final bahsida oyog`idan jarohat olgandi.
Avvalroq 31 yoshli hujumchi 9 avgust kuni bo`lib o`tadigan “Sevilya”ga qarshi UEFA Superkubogida maydonga tusha olmasligi aniq bo`lgandi.