AsosiyDunyo

Kim Chen In: "AQSh bilan to`qnashuvga tayyormiz"

'Kim Chen In: "AQSh bilan to`qnashuvga tayyormiz"'ning rasmi

KXDR AQSh bilan har qanday harbiy to`qnashuvga tayyor. Bu haqda Kim Chen In ma`lum qildi, deya xabar beradi Zamon.uz' nashri.

“AQSh bizning har kunlik harakatlarimizni provokasiya va tahdid sifatida baholab xato qiladi hamda o`zlari bizning milliy xavfsizligimizga jiddiy tahdid tug`diradigan yirik mashg`ulotlar o`tkazadi. Bu KXDR va AQSh o`rtasidagi munosabatlarni ortga qaytmas nizoga etaklamoqda”, – degan u.

Shu bilan birga Kim Janubiy Koreyaga ogohlantirish bilan chiqqan. KXDR etakchisining so`zlariga ko`ra, janubliklar mamlakatga hujum qilgan taqdirda ularning armiyasi yo`q qilinishini aytgan.

    Boshqa yangiliklar