O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent, Namangan, Farg`ona viloyatlari tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 33-38°, janubda ba`zi joylarda 40° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo 36-38° gacha isiydi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28° bo`ladi.






