AsosiyDunyo

Koronavirusga qarshi saqich yaratildi

'Koronavirusga qarshi saqich yaratildi'ning rasmi

Rezina saqich bilan sinov o`tkazilganda og`iz bo`shlig`ida Omikron va Delta shtammi viruslari miqdori 95 foizga kamaygani ma`lum bo`ldi.

Britaniyalik olimlar rezina saqichning sinov variantini yaratdilar. Tadqiqot natijalariga ko`ra, saqich koronavirus zarralari miqdorini, jumladan, og`izdagi so`lakda Omikron shtammini kamaytirar ekan, deb yozadi Reuters agentligi.

Olimlar Delta va Omikron shtammi virusini yuqtirgan bemor so`lagidan foydalangan. Natijada viruslar faolligi saqich chaynagandan keyin 95 foizga kamaygan.

“Yaqinda boshlanishi kutilayotgan klinik sinov davrida koronavirus bilan kasallangan bemor shunday saqichdan to`rt kun davomida kuniga to`rttasini chaynaydi”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar