AsosiyJamiyat

Propiska bilan bog`liq konstitusiyaviy o`zgartishning zaruriyati va mohiyati nimadan iborat?

'Propiska bilan bog`liq konstitusiyaviy o`zgartishning zaruriyati va mohiyati nimadan iborat?'ning rasmi

Ma`lumki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Konstitusiyaga o`zgartirishlar kiritishga oid qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddatini yana 15 kunga, ya`ni 1 avgustga qadar uzaytirish to`g`risida qaror qabul qilingan edi. Bugungi Konstitusiyaviy qonun loyihasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi ko`pgina qoidalar kiritilmoqda. Shular orasida ko`pchilikning diqqatini o`ziga qaratgani - insonning erkin harakatlanish huquqi bilan bog`liq propiska masalasi.  Xo`sh, propiska bilan bog`liq konstitusiyaviy o`zgartishning zaruriyati va mohiyati nimadan iborat?

Ushbu savolga Ichki ishlar vazirligi bo`lim boshlig`i Sohibjamol Djoldasova quyidagicha javob berdi:

" – 2018-2020 yillargacha mavjud bo`lgan propiska tizimi shaxslarni boshqa huquqlarini cheklab qo`ydi. Masalan, mehnat qilish huquqi shu tizim bilan bog`lab qo`yildi. Xususan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda mavjud bo`lgan vaqtincha yoki doimiy ro`yxatdan o`tmasdan yoki turgan joyi bo`yicha hisobga turmasdan yashab turgan fuqaroni ishga qabul qilinganligi uchun ish beruvchi ma`muriy javobgarlikka tortilgan, ya`ni jarima to`lagan. 

Bank xizmatlaridan foydalanishda ham propiska tizimiga bog`lab qo`yilgan. Xususan, qarz, ipoteka, valyuta ayirboshlash xizmalari shaxsning propiskasiga bog`lab qo`yildi. Ushbu tizimning mavjudligi qator korrupsiogen holatlarni ham keltirib chiqargani, hech kimga sir emas. 

So`nggi besh yilda "Harakatlar strategiyasi" doirasida amalga oshirilgan islohotlarga nazar soladigan bo`lsak, qator sohalar isloh qilindi. Pasport va propiska tizimi tubdan takomillashtirildi. Shuningdek, ushbu tizimga axborot texnologiyalarini chuqur kirib borishi natijasida ayrim xizmatlarning davlat xizmatlari markazi yoki elektron platforma orqali amalga oshirilishi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etilishiga zamin yaratdi. 

Endilikda bu cheklovchi normalarni yana takrorlanmasligi uchun  konstitusiyaviy kafolatlash muhim hisoblanadi", – deydi S.Djoldasova.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar