Bugun ijtiomiy tarmoqlarda tarqalgan video kuzatuvchilar qalbini jumbushga keltirib, o`tkir muhokamalarga sabab bo`ldi. Gap shundaki, unda ikki erkak ayollarni beayov kaltaklab, tanasining turli sohalariga zarba bergani aks etadi.
Hayratlanarlisi bu kimsalar ayollarga hech kim emas. Na akasi va na turmush o`rtog`i.. Yanada ajablanarli jihati esa hodisa barchaning ko`z o`ngida sodir etilgan. Biroq atrofga to`plangan olomon bunga hech qanday "reaksiya" bildirmagan, ayrim so`zlarni takrorlashdan tashqari, albatta...
Samarqand viloyati IIBga ko`ra, voqea 21 iyul sanasida yuz bergan. Shu kuni Samarqand tumani Yangiariq MFY hududida 1980 yilda tug`ilgan S.R., 1987 yilda tug`ilgan A.B. hamda 1991 yilda tug`ilgan I.Sh va Yo.I.lar o`rtasida o`zaro janjal sodir bo`lgan.
Jarayonga kelishmovchilik sabab bo`lgani aytiladi.
Janjalda S.R. va A.B.lar, I.Sh va Yo.I.larni urib, ularga tan jarohati etkazishgan. Jarohat darajasi, jabrlanganlar holati esa hali noma`lum.
"Hodisa joyiga tuman IIB xodimlari chiqib, holat rasmiylashtirilgan. Hozirda Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi IIB xabarda.
Dilbar Abdunabieva.






