AsosiyDunyo

Moskvada yong`in bo`lgan xostel egalari hibsga olindi

'Moskvada yong`in bo`lgan xostel egalari hibsga olindi'ning rasmi

28 iyuldan 29 iyulga o`tar kechasi Alma-Atinskaya ko`chasidagi 7-korpus, 2-uyda joylashgan xostelda sodir bo`lgan yong`in oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan va 4 nafar fuqaro jarohat olgani va qurbonlar orasida O`zbekiston fuqarolari borligi haqida xabar bergan edik.

Ma`lum bo`lishicha, yong`in bo`lgan xostel egalari hibsga olingan. 

Ular xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko`rsatishda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi Rossiya Tergov qo`mitasi bosh boshqarmasi.

Tashkilotning 55 yoshli asoschisi va 24 yoshli rahbariga nisbatan ayblov e`lon qilinadi.

Tergov fojia sabablarining turli versiyalarini tekshirmoqda. Asosiylardan biri – elektr simlaridagi nosozlik.

    Boshqa yangiliklar