1

Xonanda Lola hammadan kechirim so`radi

Shou-biznes 01.08.2016, 11:39
Teglar: Xonanda, Shou-biznes, Lola Yo`ldosheva
Xonanda Lola hammadan kechirim so`radi

Xonanda Lola o`zining ijtimoiy tarmoqlarlardagi sahifalarida barchani kechirimli bo`lishga undadi.

“Kechirish-bu ozod bo`lish. Gina-araz esa sizdan boshqa kimdir zaharlanishiga  umid qilib ichilayotgan zahardir. 

Bugun men barcha yaqinlarim, do`stlarim, qarindoshlarim va hattoki begonalardan ham kechirim so`rayman.  Balki, so`zlarim yoki xatti-harakatlarim bilan dilingizni og`ritgandirman. Balki mening sukutim ham ko`nglingizga og`ir botgandir... 

Ba`zan atrofingda sendan xafa bo`lgan, sendan og`ingan qalb sohibi borligidan bexabar tarzda yashayverasan...

Hammamiz xato qilamiz, kimnidir xafa qilib qo`yamiz. Keling, kechirimli bo`lishni o`rganamiz...”,—deb yozdi xonanda. 

Eslatib o`tamiz, Lola 7 avgust kuni Moskva shahrida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Shuningdek, bugun 1 avgust kuni radiokanallar orqali xonandaning yangi “Xabar ol” deb nomlangan qo`shig`i premerasi bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
Zoxirshoh Jo`raev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo`ydi

06.11.2019, 12:06

Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...
Ozodbek Nazarbekov, Ulug`bek Rahmatullaev, Shaxzoda va Lolani birlashtirgan loyiha — QO`LINGDA IMKON!

21.05.2018, 09:33

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo`lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo`l urildi. Taronani O`zbekiston xalq...
Lola nega folchilarni inkor etmadi?

29.03.2018, 09:26

Ijod va oilani bir maromda olib borayotgan xonanda Lola Yo`ldosheva noodatiy savollarimizga javob berdi... — Aytishlaricha siz... — Ishga nisbatan injiq va talabchanman ekanman. Menimcha,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1