AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya koronavirusni engdi

'Shimoliy Koreya koronavirusni engdi'ning rasmi

Shimoliy Koreya pandemiya tugashini ma`lum qildi. Qayd etilishicha, mamlakatda may oyining o`rtalaridan beri birinchi marta yangi holatlar qayd etilmadi. 

Bahor oxirida u to`satdan COVID-19ning birinchi mahalliy epidemiyasi haqida e`lon qildi va mamlakat virus tarqalishini oldini olish uchun qat`iy choralar ko`rdi.

Kuni kecha esa Shimoliy Koreyaning epidemiyaga qarshi davlat markazi so`nggi 24 soat ichida yangi bemorlar yo`qligini ma`lum qildi. Bayonotda aytilishicha, bemorlarning taxminan 99,99 foizi to`liq tuzalib ketgan. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, 74 ga yaqin odam virusdan vafot etgan. Va bu Shimoliy Koreyada o`lim ko`rsatkichini - 0,0016% - dunyodagi eng past ko`rsatkichga aylantiradi.

Seuldagi Xanyang universiteti tibbiyot fakulteti professori Shin Yong-jungning aytishicha, bunday kam o`lim soni deyarli "mumkin emas".

“Bu hisoblash qobiliyatining etishmasligi natijasi bo`lishi mumkin. Keksa odamlarning COVID-19 dan, asosan, uyda o`lish ehtimoli yuqori ekanligini hisobga olsak, qurbonlar sonini e`lon qilishni istamasligining siyosiy sabablari bor”, deb yozadi u tahlilida.

Yuqumli kasalliklar bo`yicha mutaxassislar Shimoliy Koreyadagi epidemiya haqidagi rasmiy yangilanishlarni boshidanoq shubha ostiga olishdi. Ko`pchilik, shuningdek, 26 million aholisi bo`lgan mamlakatda kasallik avj olishi halokatli bo`lishidan xavotirda edi. Chunki vaksinani kam odam olgan. Shu bilan birga, ularning katta qismi to`yib ovqatlanmaydi, sog`liqni saqlash tizimi esa nochor ahvolda.

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, 74 ga yaqin odam virusdan vafot etgan. Va bu Shimoliy Koreyada o`lim ko`rsatkichini - 0,0016% - dunyodagi eng past ko`rsatkichga aylantiradi.

Seuldagi Xanyang universiteti tibbiyot fakulteti professori Shin Yong-jungning aytishicha, bunday kam o`lim soni deyarli "mumkin emas".

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar