AsosiyJamiyat

Muborak tumanida MChJ rahbari byudjetning 1,1 mlrd so`mini "eb yubordi"

'Muborak tumanida MChJ rahbari byudjetning 1,1 mlrd so`mini "eb yubordi"'ning rasmi

Muborak tumanida 1,1 mlrd so`mni o`zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Departamentning Muborak tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, "N." MChJ rahbari U.R. va boshqalar tuman hududida velosiped va piyodalar yo`lakchalarini qurish va ta`mirlash ishlari bo`yicha rasmiy hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritishi yo`li bilan bajarilmagan ishlarni qo`shib yozib, 1,1 mlrd so`mni o`zlashtirish va rastrata yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar