AsosiyDunyo

Xitoydagi kasalxonalardan birida bemorning ruhi tanasidan uchib chiqib ketgani kameraga tushib qoldi. Video

Ijtimoiiy tarmoqda Xitoy kasalxonalarida biridagi bemorning tanasini ruhi tark etayotgani aks etgan kadr paydo bo`lib, ko`pchilik foydalanuvchilarni hayratga soldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Aksariyat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu sirli videorolik ruhning haqiqatan ham mavjudligini isbotlaydigan dalil, deb hisoblashgan.

Agar kadrga diqqat bilan e`tibor bersangiz, oq choyshabga o`rab qo`yilgan bemor tanasidan yarim shaffof “ruh” chiqib, palatadan koridorga uchib chiqqan va ko`zdan yo`qolgan.

“Endi ateistlarning dunyoqarashi o`zgaradi”, deb bir tomoshabin izoh qoldirgan bo`lsa, ikkinchi YouTube foydalanuvchisi unga “Qachondan beri ruh ko`zga ko`rinadigan bo`lib qolibdi?” deb savol bergan.

Nima bo`lgan taqdirda ham, g`aroyibotga qiziquvchi birorta odam videorolikdan keyin bir xulosaga kelolmadi.

Boshqa yangiliklar