AsosiyJamiyat

Namanganda arxeologiya ob`ektiga 80 milliard so`m zarar etkazilgani aniqlandi

'Namanganda arxeologiya ob`ektiga 80 milliard so`m zarar etkazilgani aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati va Madaniy meros agentligi mutaxassislari ishtirokida o`tkazilgan o`rganishlar natijasida Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumani mas`ul mansabdor shaxslari tomonidan madaniy meros ob`ekti uy-joy qurish uchun noqonuniy berib yuborilgani aniqlandi. Oqibatda ob`ektga jiddiy zarar etkazilgan.

Jumladan, madaniy meros yodgorligi hisoblangan Yangiqo`rg`on tumani Gaiston mahallasida joylashgan “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligiga oid hujjatlar tuman kadastr va qurilish bo`limi boshliqlari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda er uchastkalarini berish masalasini ko`rib chiquvchi komissiyaga taqdim etilgan va ushbu hudud noqonuniy ravishda fuqarolarga dala hovli qurish uchun ajratilgan.

Oqibatda, “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligi 2020-2021 yillar davomida fuqaro Z.M. tomonidan buzib tashlanib, o`rniga uy-joy qurilgan. Natijada tarixiy ob`ektga 80 mlrd. so`m jiddiy zarar etkazilgan.

Tekshirish natijasiga ko`ra, jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi madaniymeros.uz.

    Boshqa yangiliklar