Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Vborgskiy tumanida 25 yoshli o`zbekistonlik yigit 20 yoshli qizni bir necha marta pichoqladi. Bu haqda «78.ru» xabar berdi.
Hodisa 30 iyul kuni Simonova ko`chasidagi 7-uy hovlisida sodir bo`lgan. To`satdan kelib chiqqan janjal oqibatida O`zbekiston fuqarosi jabrlanuvchini pichoqlagan. Qiz olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Shundan so`ng yigit pichoqni avval o`zining elkasiga, keyin esa ko`kragiga urgan. U og`ir ahvolda 3-shahar kasalxonasiga yotqizilgan. Qotillik yuzasidan esa jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






