AsosiyJamiyat

Olti oyda temir yo`llarda yuk va yo`lovchi tashish bilan bog`liq 9837 ta kamchilik aniqlangan, ularning 4452 tasi xavfsizlikka tahdid soluvchi bo`lgan

'Olti oyda temir yo`llarda yuk va yo`lovchi tashish bilan bog`liq 9837 ta kamchilik aniqlangan, ularning 4452 tasi xavfsizlikka tahdid soluvchi bo`lgan'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda «O`ztemiryo`lnazorat» inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Firdavs Xayriddinov ma`lum qildi.

Inspeksiya tomonidan 2022 - yilning 6 oyi davomida jami 107 ta korxona va tashkilotlarda nazorat tadbirlari o`tkazildi. Tadbirlarda Faoliyati temir yo`l transporti bilan bog`liq bo`lgan yuridik shaxslar tomonidan temir yo`llarda yuk va yo`lovchilar tashish xavfsizligini ta`minlash bo`yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishiga alohida e`tibor qaratildi. Tekshirishlar natijasida jami 9837 ta kamchiliklar aniqlangan bo`lib, shundan xavfsizlikka tahdid soluvchi kamchiliklar soni 4452 tani tashkil etadi.

Tekshirish natijalari bo`yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlik sub`ektlariga taqiqlovchi choralarni belgilovchi 104 ta bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatmalar berilgan.

2022 yilning 6 oyi davomida jami 304 temir yo`llari, 113 ta lokomotiv, 941 ta yuk va yo`lovchi vagonlari nosozligi yoki foydalanish muddati o`tganligi aniqlanib, foydalanishdan to`xtatilgan.

Hisobot davrida temir yo`l transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan temir yo`llarda poezdlar harakati xavfsizligini ta`minlashga va temir yo`lda tashishlar xavfsizligini ta`minlaydigan texnik vositalarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan 1567 ta kompleks profilaktika chora-tadbirlari o`tkazilgan.

Profilaktika tadbirlarida jami 11227 nafar faoliyati temir yo`l transportida harakat xavfsizligini ta`minlash bilan bevosita bog`liq rahbarlar, muhandislar, ishchi xodimlar ishtirok etgan va ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

“O`ztemiryo`lnazorat” inspeksiyasi tomonidan Toshkent-Samarqand-Qarshi-Kitob, Maroqand-Buxoro uchastkalaridagi tezyurar va yuqori tezlikdagi yo`lovchi poezdlar harakat xavfsizligini ta`minlanishiga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Yuqori tezlikdagi Toshkent-Samarqand-Qarshi-Kitob, Maroqand-Buxoro uchastkalarida 2022 - yilning 6 oyi davomida 664 nafar xodim ishtirokidagi 234 ta seminar va profilaktika tadbirlari amalga oshirildi.

Amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida, 2022 - yilning 6 oyida temir yo`l transportida harakatlanish xavfsizligi buzilishlarining umumiy soni 2021 yilning shu davriga nisbatan 20% ga kamaygan bo`lib, bu ko`rsatkich 2022 - yilda 34 ta holatni tashkil etgan bo`lsa, 2021 – yildagidan 8 ta holatga kamaygani qayd etilgan.

Joriy yilning dastlabki yarim yilligida “O`zbekiston temir yo`llari” AJga qarashli temir yo`llarda poezdlar harakat xavfsizligi buzilishi bo`yicha o`tgan yilgi ko`rsatkich 22 ta holat o`zgarishsiz qolgan. Mazkur ko`rsatkich sanoat korxonalari shoxobcha yo`llarida 2022 - yilning 6 oyi davomida 8 taga kamayib, 12 ta holatni tashkil etgan.

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ, vazirlik va idoralarga qarashli temir yo`llarda yo`l qo`yilgan temir yo`l tashishlari xavfsizligi buzilishlarining tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, temir yo`llarda tashishlar xavfsizligi buzilishlari:

23 ta holatda – harakatdagi tarkib va texnik vositalarning texnik nosozliklari;

11 ta holatda – “inson omili”ning salbiy ta`siri sababli yuzaga kelgan.

       Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan berilgan ko`rsatmalarga asosan vazirlik va idoralarga qarashli “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirmaydigan shoxobcha temir yo`llarida quyidagi o`zgarish va ijobiy natijalarga erishilgan:

1524,28 km temir yo`l kapital ta`mirlangan;

11 komplekt strelkali o`tkazgichlar almashtirilgan;

1216 dona vagon kapital ta`mirlangan;

35 dona lokomotiv kapital ta`mirlangan;

6465 dona shpal va 3,598 km rels almashtirilgan.

          Joriy yil inspeksiya tomonidan 6 ta temir yo`llarda tashishlar xavfsizligini ta`minlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan, bo`lib ayni paytda mazkur loyihalar qabul qilish uchun kiritilgan. 

    Boshqa yangiliklar