AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga qo`ndi.
Yuqori amaldorning bu tashrifi Xitoy hukumatida keskin norozilik uyg`otdi.
Pekinning Xitoy Kommunistik partiyasi mazkur tashrifni o`z suverenitetiga qarshi kurash deb hisoblagan va unga qarshi qattiq ogohlantirishlar bergan. Biroq Nensi tashrifi bilan bog`liq bunday nuqtayi nazarni rad etgan. Ayni daqiqalarda ijtimoiy tarmoqni larzaga keltirayotgan xabarlar haqiqatmi? Urush boshlanishi kutilmoqdami? Agar yo`q bo`lsa, bu tashrifdan maqsad nima?
Gap shundaki, Pelosi xonim ayni vaqtda Pekin o`z hududi deb da`vo qilayotgan Tayvan oroliga chorak asr davomida tashrif buyurgan va u ertaga, chorshanba kuni Tayvan prezidenti hamda o`zini-o`zi boshqaradigan demokratiya qonunchilari bilan uchrashmoqchi.
Xabarlarga asosan, kuni kecha Xitoy etakchisi Bayden bilan qariyb 2 soat davom etgan suhbatda AQSh rahbariniTayvan bilan munosabatlar yuzasidan ogohlantirgan. Baydenga Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining orolga ehtimoliy safari AQSh-Xitoy munosabatlaridagi keskinlikni oshirishi ta`kidlangan. Liderlar Rossiyaning Ukraina harbiy hujumidan tortib, jahon iqtisodiyotigacha bo`lgan bir qator munozarali masalalarni muhokama qilishgan.
Xitoy va Tayvan: vaziyat jiddiymi?
Ma`lumotlarga ko`ra, Xitoyning janubi-sharqiy qirg`og`idan taxminan 100 mil uzoqlikda joylashgan, 24 million kishilik o`zini o`zi boshqaradigan orol bo`lgan Tayvan, Ukraina kabi, ancha kuchliroq avtoritar qo`shni bilan ziddiyat ostida yillar davomida yashab kelayotgan dinamik demokratik davlatdir.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan "harbiy operasiyasi" Tayvan bilan o`xshash ekani aytilmoqda. Biroq hodisa global chaqnash nuqtasi bo`lgan sharqda yuz berayotgani bundan ham halokatli bo`lgan mojaroga olib kelishi mumkinligini ta`kidlanadi.