AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktabda forma sotib olish bo`yicha majburlov prokuraturaning emas, direktorning ishi bo`lib chiqdi

'Toshkentdagi maktabda forma sotib olish bo`yicha majburlov prokuraturaning emas, direktorning ishi bo`lib chiqdi'ning rasmi

Kecha, 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi maktablarning birida maktab formasi sotib olinishi shartligi bo`yicha prokuratura xodimlari tilxat yozdirganligi haqidagi xabar tarqalgan edi. 

Ayni paytda bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur xabarni o`rganish yuzasidan ishchi guruh tuzilib, o`rganish ishlari amalga oshirildi.

O`rganishda, Chilonzor tumanidagi maktablarning birida forma sotib olish bo`yicha prokuratura organlari tomonidan hech qanday tavsiya berilmaganligi va tilxat olinmaganligi, aslida bu maktab direktorining shaxsiy tashabbusi ekanligi, biroq bu jarayonga yolg`ondan prokuraturani aralashtirganligi aniqlangan.

O`rganish natijasiga ko`ra, kelgusida bunday holatlarga yo`l qo`yilmaslik haqida maktab direktori rasman ogohlantirildi.  

Eslatib o`tamiz, joriy yil 27 iyul kuni AOKAda "2022-2023 o`quv yilida yagona maktab formasi joriy etilishi" yuzasidan o`tkazilgan brifingda Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov "Yagona maktab formasi 2025 yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etib boriladi. Ya`ni yangi o`quv yili - 2022 yil sentyabr oyidan boshlab ota-onalar yagona maktab formasini xarid qilishga majburiy talab qo`yilmaydi". - deb ta`kidladi.

 

    Boshqa yangiliklar