O`zbekistonda korrupsion jinoyatlarga qarshi olib borilgan faol ishlar natijasida 2021 yilda respublika bo`yicha 3 769 ta korrupsiyaga oid jinoyat ishi sudlarga yuborilgan. Ushbu jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 282 mlrd so`m miqdorida moddiy zarar etkazilgan. Ushbu ko`rsatkich 2020 yilga nisbatan 3 baravarga oshgan. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Aksariyat korrupsiyaga oid jinoyatlar Sog`liqni saqlash, Xalq ta`limi, Maktabgacha ta`lim, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklari hamda bank tizimi tashkilotlariga to`g`ri kelgan.
Hududlar kesimida Toshkent shahri, Surxondaryo, Navoiy, Andijon, Farg`ona, Namangan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida eng yomon ko`rsatkichlar qayd etilganligi tanqid qilindi.