AsosiyDunyo

Nensi Pelosi Tayvanni tark etdi

'Nensi Pelosi Tayvanni tark etdi'ning rasmi

Pelosining aqsh va Xitoy o`rtasida ochiq mojaroga sabab bo`lgan Tayvanga safari 2 avgust kuni amalga oshgan. Pelosi 3 avgust kuni Tayvan rahbari Say Inven bilan uchrashgan va parlament oldida nutq so`zlagan. Bu haqda Zamon internet nashri yozmoqda.

Bu AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikerining 1997 yildan beri orolga birinchi tashrifi hisoblanadi.

Xitoy Tayvanni o`z provinsiyasi deb hisoblaydi va u bilan Pekin diplomatik aloqalarga ega bo`lgan davlatlar rasmiylari va harbiylari o`rtasidagi har qanday aloqaga qarshi. Pelosining tashrifi fonida Xitoy xalq ozodlik armiyasi Tayvan qirg`oqlarida bir qator harbiy amaliyotlar va mashg`ulotlarni boshlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar