“Toshkent” xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida masofaviy bojxona nazorati tizimi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda O`zbekiston havo yo`llari aviakompaniyasi.
Mazkur tizim nazorat kameralari va parvoz haqidagi oldindan olingan ma`lumotlarni tahlil qilish orqali yo`lovchilar va ularning yuklarini bilvosita bojxona nazoratidan o`tkazish imkonini beradi.
Terminalning butun perimetri bo`ylab o`rnatilgan kameralar bojxona organlariga real vaqt rejimida masofadan turib vaziyatni kuzatish va faqatgina zarur hollarda yo`lovchilarni bojxona ko`rigidan o`tkazish imkonini beradi. Bu esa, o`z navbatida, xorijga otlangan yo`lovchilarning bojxona nazoratidan tezroq va hech qanday kechikishlarsiz o`tish imkonini beradi. Sodda qilib aytganda, yo`lovchilar bojxona nazoratidan o`tganliklarini o`zlari payqamaydilar.






