AsosiyJamiyat

​​Abiturientlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

'​​Abiturientlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi'ning rasmi

2022-2023 o`quv yilida oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga kirish uchun onlayn ro`yxatdan o`tgan abiturientlarga “Abiturient ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. Bu haqda davlat test markazi xabar bermoqda.

Abiturientlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abiturient ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikasiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:

@e_dtm_mandatbot

@e_dtm_mandat1bot

@e_dtm_mandat2bot

@e_dtm_mandat3bot

@e_dtm_mandat4bot

Test sinovlari 8 avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abiturientlardan ruxsatnomalarni 7 avgustga qadar yuklab olishlarini so`raymiz.

Eslatib o`tamiz, abiturientlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abiturient ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abiturientlar test sinovlariga kiritilmaydi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar