Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan "Korzinka" supermarketida yong`in sodir bo`lgani aks etgan videolar tarqaldi.
FVVning xabar berishicha, bugun – 4 avgust kuni soat 16:32 da Toshkent shahar M.Ulug`bek tumani “Podishohbog`” mahallasi Buyuk ipak yo`li ko`chasida joylashgan “Korzinka” savdo majmuasida yong`in ro`y berganligi haqida xabar kelib tushgan.
3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 16:37 da voqea joyiga etib borgan. Savdo majmuasi ichida bo`lgan non pishirish pechida elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo`lgan. Hodisa natijasida hech qanday yong`in sodir bo`lmagan. Vaziyat oqibatlari qutqaruvchilar tomonidan soat 16:42 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo`lganlar qayd etilmadi.






