Ma`lum muddat avval Xitoyning jiddiy qarshiligiga qaramay Tayvanga tashrif buyurgandi. Pelosining bu xavfli hududga safari 2 avgust kuni amalga oshgan. Nensi 3 avgust kuni Tayvan rahbari Say Inven bilan uchrashgan va parlament oldida nutq so`zlagan.
Pelosining tashrifi fonida Xitoy armiyasi Tayvan qirg`oqlarida bir qator harbiy amaliyotlar va mashg`ulotlarni boshlagan.
Zamon.uz' nashrining manbalarga tayanib yozishicha, Pelosi demilitarizasiya qilingan hudud – Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasiga ham borishni rejalashtirgan.
Ma`lum bo`lishicha, AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Seulda Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi spikeri Kim Jin Pyo va parlamentning boshqa a`zolari bilan uchrashdi.
Agar bu amalga oshirilsa, bu AQShning Tramp Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In bilan 2019 yilda uchrashganidan keyingi birinchi tashrifi bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, AQSh sobiq rahbari Tayvanga tashrifi uchun Nensi Pelosini “aqldan ozgan” deb atagandi.
Ma`lumot o`rnida, Pelosi Janubiy Koreya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirgan.