Gollandiyalik Aleksandr Piter Kirk internetdagi tanishuvlar saytida 26 yoshli Chjan ismli qiz bilan tanishib qoldi. Qiz bilan ikki oy virtual suhbatlashgan Kirk qizga syurpriz qilmoqchi bo`ldi, deb yozadi “Tjournal” nashri.
Kirk Xitoyga uchish uchun samolyot chiptasini sotib oldi va uning suratini qizga yubordi.
Gollandiyalik erkak Xitoy aeroportiga qo`nganidan keyin uni hech kim kutib olmadi. U aeroportning kutish zalida 10 kun o`tirib, qizni kutdi. Oxir-oqibatda erkakning sillasi quridi.
Xitoyning CCTV News nashri Chjan bilan bog`landi. Qizning aytishicha, gollandiyalik erkakning Xitoyga kelishi haqidagi qarorini u jiddiy qabul qilmagan. Kirkning nima sababdan u bilan bog`lana olmagani haqidagi savolga javoban qiz telefon apparatini o`chirib qo`yganini aytgan.





