Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Karmana tumanida 15 sotix er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgarlar va ularning sherigi ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Fuqarolar S.B. va S.X. fuqaro B.ga Karmana tumani “Nurafshon” MFY hududidan 15 sotix bo`sh er maydonini kadastr bo`limida ishlovchi “A.” ismli tanishi orqali rasmiylashtirib berish orqali 90 mln so`mga sotishga kelishib, evaziga 8 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanishgan. S.X.ning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Davlat kadastrlar palatasi Karmana tumani filiali kadastr muhandisi vazifasida ishlovchi A.E. o`z xizmat xonasida 900 ming so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.