24 sentyabr kuni «Istiqlol» san`at saroyida «Mening Toshkentim» myuziklining bayramona talqini premerasi bo`lib o`tadi. Tashkilotchilar ma`lum qilishicha, oilaviy musiqiy-teatr tomoshasi O`zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag`ishlangan. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
«Mening Toshkentim» myuzikli premerasi Toshkentda 13—14 may kunlari bo`lib o`tgan edi. O`shandayoq myuzikl yaratuvchilari navbatdagi postanovkani tayyorlayotgani ma`lum bo`lgandi.
«Postanovkamizga — aktyorlar, ovoz, sahna bezaklari, xoreografiyaga yanada kattaroq ko`lamda yondashdik. Bizda yaxshi myuziklni yanada yaxshiroq qilish imkoniyati bor», — deya yangilangan loyihaga izoh berdi postanovkachi rejissyorlar Hasan va Husan Solihovlar.
Shuningdek, myuziklda qo`shimcha personajlar paydo bo`ladi. Ulardan biri gruziyalik va rossiyalik qo`shiqchi va aktyor Soso Pavliashvili bo`ladi. Myuzikl yaratuvchilari tafsilotlarni oldindan oshkor qilmayapti, ammo Pavliashvili o`z-o`zini gavdalantirishi hozirdan ma`lum.
Mahallaning boshqa fuqarolari rolini Asal Shodieva, Shadisha, Adiz Rajabov, Jasur Mirsoatov, Fotima Rejametova, Muhammadiso Abdulxayirov, Komila Zokirova, Akbar Otamuhamedov kabilar ijro etadi.