1

Xitoylik va singapurlik olimlar genipavirusning yangi turini aniqlashdi

Dunyo 09.08.2022, 15:05
Xitoylik va singapurlik olimlar genipavirusning yangi turini aniqlashdi

Xitoy va Singapur olimlari genipavirusning yangi turini aniqlashdi. Ayni paytda 35 kishi ushbu virusga chalingan. Virus “Lan`ya” deb nomlandi. Bu haqda ria.ru yozmoqda.

“35 nafar virusga chalinganlar Xitoyning Shandun i Xenan provinsiyasidan”, deb yozadi Xitoyning “Penpay” nashri.

Yangi virus isitma, charchoq, yo`tal, anoreksiya, mialgiya, ko`ngil aynishi va qayt qilish kabi alomatlar bilan namoyon bo`ladi.

Olimlarning aytishicha, “Lan`ya” “Nipax” virusiga o`xshab ketadi. Lekin mazkur virus bilan kasallanishda o`lim yoki boshqa juda jiddiy holatlar kuzatilmagan.

Shu bois olimlar mazkur virusga nisbatan xushyor bo`lish lozimligini, biroq sarosimaga berilmaslikni maslahat berishmoqda.

“Lan`ya” virusi odamdan odamga yuqishi hali aniqlanmagan, deb xabar berilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1